Geyntselman Vilgelm Solomonovich

Geyntselman Vilgelm Solomonovich (? -1922, Toshkent) — me’mor- muhandis. O’zbekistonda Evropa uslu- bidagi binolar qurilishini boshlab bergan. Toshkentdagi ko’p yirik binolar, jumladan Davlat palatasi (1887), Spas- Preobrajenie sobori (A. I. Ryazanov, I. M. Pogosskiy b-n hamkorlikda) va yoni- dagi alohida qurilgan qo’ng’iroqxona (1888, saqlanmagan), Knyaz N. K. Roma- Nov saroyi (1889-90, hoz. Tashqi ishlar vazirligi qabul uyi) g. rahbarligida qurilgan. Davlat banki (1895), Real bi- lim yurti (1898, hoz. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ma’muriy ofisi), Rasadxona (1873-1901) va b. turar joy binolari loyihalari muallifi. An- Dijon zilzilasi (1901) oqibatlarini o’rganib, seysmik tumanlarda binolar qurilishining dastlabki qoidalarini ishlab chiqqan (1906). 1908-12-y.lar- da Toshtramning binosi va tramvay yo’llarini loyihalashda qatnashgan. VI- zantiya-roman uslubidan keng foydala- nish g. ijodiga xos.