Gezitlar

Gezitlar (angl-sakscha, gesith-o’rtoq)-ilk o’rta asrlarda Angliyada drujinachilar; ijtimoiy munosabatlar Gezitlar kerllarga qarshi qo’yilgan va keyinchalik feodal sinfga aylangan tenlar va erllarga tamal toshi qo’yishgan. Gezitlar angl-saks jamiyatida shakllangan ikki asosiy tabaqaning ikkinchisi edi. Ularning ijtimoiy mavqeini vergeldning yuqoriligidan (masalan, Uesseksda Gezitlarni o’ldirganlik uchun 1200 kumush shilling, kerllarni o’ldirganlik uchun 200 kumush shilling to’langan) ham bilish mumkin. Harbiy vazifalardan tashqari Gezitlar provintsiya va viloyatlarda qirolning noibi ham bo’lganlar. X asrdan atama muomaladan chiqqan.