GIBRID HISOBLASH MASHINASI
GIBRID HISOBLASH MASHINASI — raqamli va analog hisoblash mashinalari (Rehm va AEHM) asosida tashkil topgan qurilma. G. h. m.da axbo- rot analog va raqamli ko’rinishda ifoda- lanadi. AEHM va Rehm lar hisoblash va boshqaruvga oid arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi hamda ularni bir ko’rinishdan boshqa ko’rinishga o’tkazadi, turli masalalarni aniq echadi, ular- ning ish unumdorligini oshiradi. G. h. m.da masala 2 qismga bo’lib echila- Di: bir qismi Rehm yordamida, ikkinchi qismi esa AEHM da hal qilinadi. Rehm da aniklik darajasi yuqori bo’ladigan masalalar echilib, qolgan qismi AEHM da echiladi. Chiziqsiz tenglamalarni hisoblash qiymati, bir-biriga yaqin kat- ta sonlar ayirmasini hisoblash, koordi- natalarni o’zgartirish, vaqt birligida o’zgaruvchan qiymatlarni integrallash kabi ko’plab amallar Rehm da echiladi. Tez o’zgaruvchan jarayonlarni aks ettiruv- chi chiziqli differentsial tenglamalar- ni echish, aniklik darajasi kichik bo’lgan empirik bog’lanishlarni tekshirish va boshqaruv jarayonida aniq ob’ekt b-n bog’lanish uchun AEHM ishlatiladi (yana q. Analog hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi).