Gidatodlar

Gidatodlar (Yun. Hydotod, hydotos — suv va hodos — yo’l, teshik — o’simliklardan suv va tuzlarning quyuq tomchi holida ajralishiga im- kon beradigan barg hujayralari. Nam iklimda o’sadigan o’simliklar uchun xos. Suv ajratish g. orqali passiv (ildiz bosimi tufayli) yoki epiderma orqali faol sodir bo’lishi mumkin. G., odatda, barglarning qirralari va tishchalarida bo’ladi. G. funktsiyasini maxsus bezli tukchalar (trixomalar) bajarishi mum- kin. Gidatodli o’simliklar nam tropic o’rmonlarda ko’p uchraydi. G. orqali suv ajratish tuproq va havo namligi yuqori bo’lganda ayniqsa jadal boradi.