Gidratlar

Gidratlar (Yun. hydor – suv) – od- diy va murakkab moddalar (tuzlar, kis- lotalar, asoslar va organik birikmalar) ning gidratlanishi natijasida hosil bo’ladigan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi moddalar. G. tarkibidagi suv molekulalar shaklida buladi. Kimyoviy formulalarda suv ayrim yoziladi, mas, MgCl2-6H2O yoki [Mg(H2O)6Cl2j. Haroratni oshirib yoki atrofdagi bug’bosimini kamaytirib, G.dagi suvni yo’qotish mumkin. Ba’zi ta- biiy minerallar (gips, kizerit, Karnal- lit va h. k.) G.dan iborat. Magniy xlorid MgCl2 2, 4, 6, 8 va 12 molekula suvli kristall ogidratlar hosil qiladi. Suv- li eritmalarda g. holida kristallangan tuzlar, kislotalar va asoslar Kristal- logidratlar debataladi, ulardagi suv esa kristallizasiya suvi deb yuritiladi. Kristallogidratlar kimyoviy individu- al moddalar sifatida namoyom bo’ladi. Kolloid holidagi zarralarning gi- dratlanishi natijasida adsorbtsion G. vujudga keladi. Ularning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, bug’bosimi va t-rasiga bog’liq, mas, silikat kislota gelida 25% gacha suv bo’lishi mumkin. Ba’zi moddalar (mas, tseolitlar, proteinlar) kristalla- ri ham bir qadar suv molekulalarini yuta oladi. Gidroksidlar, spirtlar va uglevodlar g. emas, chunki ularda suv mo- lekulalari o’rniga element yoki gidrok- sil guruh (N va on) bo’ladi.