Gidravlik bolg’a

Gidravlik bolg’a — yuqori bo- sim ostida bo’lgan suyuqlik ta’sirida harakatlanadigan massaning og’irlik kuchi b-n metallarga ishlov beruvchi mashina. Bunda massa suyuqlik bosimi ta’sirida yuqoriga ko’tariladi. Past- ga o’z og’irlik kuchi ta’sirida zarb b-n tushadi va metallga ishlov beradi. G. b. bolg’alash, hajmiy va yassi shtamplash- da ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan boshqa energiya eltuvchi bolg’alarga, mas, bug’-havo bolg’alariga o’xshaydi.