GIDRAVLIK DVIGATEL

GIDRAVLIK DVIGATEL – suyuqlikning mexanik energiyasini etak- chi zveno (val, shtok)ning mexanik ener- giyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash tarziga kura dinamik (gidravlik tur- bina, suv g’ildiragi) va hajmiy (gidro- tsilindr) xillari bor. Dinamik G. D.da etaklanuvchi zveno suyuqlik oqimining harakat miqdori momenti o’zgarishi hisobiga siljiydi va faqat aylanma harakat qiladi. Hajmiy G. D.da uning ish organi suyuklikning gidrostatik bosi- midan harakatlanadi; uning etaklanuvchi zvenosi chegaralangan ilgarilanma-kayt- ma yoki ilgarilanma-burilma harakat ham (gidrosilindrlarda), chegaralanmagan aylanma harakat ham (gidromonitorlar- da) kilishi mumkin. G. D. ish qismining tuzilishiga ko’ra porshenli va rotorli turlarga bo’linadi. Porshenli G. D.da ish kamerasi qo’zg’almas bo’lib, siqib chiqaruvchi qismi ilgarilanma-qaytma harakat qiladi; rotorli g. D.da ish kame- rasi siljiydi, siqib chiqaruvchi qismi harakat qiladi. G. D.ning aksial rotor- porshenli turi keng tarqalgan. Hajmiy G. D. mashinalarning gidravlik yuritma- larida qo’llaniladi. Ish suyuqpigining bosimi 35 Mn/m2 (350 kg kuch/sm2). Quvvati 3000 kVt bo’lgan gidromonitor- lar ishlab chiqariladi.