Gidravlika

Gidravlika (gidro… va Yun. Aulos — naycha) — suyuqliklarning muvoza- nat va harakat shartlari qonunlarini o’rganish va shu qonunlardan foydala- nib, gidrotexnikaning amaliy masala- larni hal qilish b-n shug’ullanadigan fan. Gidrotexnika inshootlari, gi- dravlik mashinalar, erni quritish va sug’orish, gidroenergetika, gidromexa- nizasiya, suv b-n ta’minlash va kanali- zasiya kabi muhandislik masalalari b-n shug’ullanadi (ilgari g. ning asosiy va- zifasi suvning quvurlardagi harakatini o’rganish bo’lgan). G. gidrostatika va gi- drodinamikaga bo’linadi. Gidrostatika suyuqpiklarning muvozanat shartlari- ni va ular b-n tutashgan qattiq jism- larga ta’sirini, gidrodinamika esa suyuqliklarning harakat qonunlarini va ular b-n tutashgan qattiq jismlarning o’zaro ta’sirini o’rganadi. G. nazariy mexanikaga asoslangan. U 17-a. oxiri va 18-a. boshlarida mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Bu sohada I. Nyu- ton, D. Bernulli, M. V. Lomonosov, L. Eylernnpt xizmati katta. Rus olimi N. E. Jukovskiy 1899 y.da dunyoga mashhur gidravlik zarba nazariyasini kashf etdi. G.ning asosiy bo’limlaridan biri fil- trlash nazariyasini yaratdi. Texnika va tabiatda ko’p uchraydigan aralashmalar (suyuqlik, gaz va qattiq jism zarrachala- ri aralashmalari) gidravlikasi ayniqsa rivojlandi. Bu sohaga rus olimi F. I. Frankel va o’zbek olimi X. A. Raxmatu- linlar asos soldi. Ko’p fazali aralash- malar gidravlikasi sohasida Toshkent ilmiy maktabi bunyodga keldi. O’zbek olimi J. F. Fayzullaev quvurlarda harakatlanuvchi aralashmalar masalalari b-n shug’ullandi, aralashmalar harakatiga oid bir qancha masalalarni nazariy va amaliy jihatdan hal qiddi. Fanga Rax- matulin-Fayzullaev modeli tushunchasi kiritildi. Umuman suv mexanikasi ma- salalarini hal qilish b-n g.dan tashqari gidromexanika ham shug’ullanadi. Gidro- mexanika, asosan, qagiy matematik usul- larga asoslangan bo’lib, aniq matematik echim olish uchun oqim harakati va turi- ni, hatto suyuqliklarning fizik xossa – larini ham soddalashtirib qaraydi. G. nazariy mexanika qonunlariga va tajri- badan olingan sodda formulalarga amal qilib, texnika masalalarini aniq hal qilishga intiladi.