Gidrazin

Gidrazin (diamid), H2N-NH2 — ammiak (NH3) hosilasi; rangsiz, havodagi suv bug’ini yutuvchi qo’lansa hidli quyuq suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi 2°, qaynash t-rasi 113,5°, zichligi 1,008 k/sm3 (20° da). Suvdagi eritmasi asosli xossaga ega. G. havodagi karbonat angi- dridni yutadi. Kislotalar b-n biri- kib, tuzlar hosil qiladi. G. ammiak yoki mochevinani gipoxlorit b-n oksidlab olinadi. Plastmassa, rezina, insekti- tsid, portlovchi moddalar i.ch.da hamda qaytaruvchi modda sifatida ishlatiladi.