Gidridlar

Gidridlar— kimyoviy ele- mentlarning vodorod b-n hosil qilgan birikmalari. Tuzsimon, me- tallsimon, uchuvchan g.ga bo’linadi. Tuzsimon G.ga ishqoriy va ishqoriy- er metallarning g.i kiradi. Bu G.da bog’lanish ionli bo’lib, vodorod atomi manfiy zaryadlanadi. Tuzsimon G. oq kri- Stall modda, yuqori t-Rada vodorod ajra- tib suyuqlanadi. Bunday G.ni olish uchun metallar yuqori t-Rada vodorod Atmosfe- rasida qizdiriladi. Kuchli qaytaruvchi (mas, metallarni oksidlaridan yoki galogenidlaridan qaytarish, po’lat va qiyin suyuqdanuvchan metallar yuzasida- gi qurumni yo’qotishda) va istiqbolli raketa yonilg’isi sifatida qo’llaniladi. Metallsimon G. kimyoviy bog’lanishi jihatdan metallarga yakin bo’lib, me- tallarning kristall panjarasida vodo- rod atomlarining joylanishi natija- sida hosil bo’ladi. Metallsimon G. — xrom, marganes, temir, mis va platina guruhidagi metallarning g.i tegishli metallarni yuqori t-Rada vodorod atmos- ferasida qizdirish yo’li b-n olinadi. Uchuvchan G. — davriy sistemaning IV, V, VI va VII guruhlari bosh guruhlaridagi elementlarning gidridlarida kimyoviy bog’qutbli yoki kovalent bo’ladi. Ularga SiH4, SnH4, PH3, AsH3, SbH3, H2S, H2Se, H2Te va quyi borvodorodlar kiradi. Shu guruxdardagi og’ir zlementlarning gi- dridlari beqaror. G. organik moddalar- ni sintez qilishda, kuchli qaytaruvchi sifatida qo’llaniladi. Texnikada yuqori vakuum ostida vodorod biriktirish uchun ishlatiladi (mas, kizdirilgan metal- larga suv bug’i ta’sir ettirish usuli). G. o’zgaruvchan valentli metallarning turli kimyoviy reaktsiyalarida katalizatorlik vazifasini o’taydi. G.ning termik par- chalanishi natijasida ba’zi elementlar (mas, kremniy, germaniy) sof holda oli- nadi.