GIDRODINAMIK UZATMA

GIDRODINAMIK UZATMA – dvigatel uzatayotgan burovchi moment- ni yoki mashina-qurol valining ayla- nishlar sonini bevosita (pog’onasiz) o’zgartiradigan gidravlik uzatma. Va- zifasi bir o’qda joylashgan parrakli nasos va turbinalarning ishi hisobiga amalga oshiriladi. Ular ish suyuqligi (qovushoqligi kichik moy yoki suv) b-n to’lgan torsimon bo’shliqni hosil qiladigan darajada bir-biriga yaqin joylashtiriladi. G. u. gidromufta va gidrotransformatorga bo’linadi. Ikki (nasos va turbina) parrakli g’idtsiragi bo’lgan hamda ikkala valdagi burovchi momentlari bir xil bo’lgan g. u.ga gidro- mufta deyiladi; uningF.i.k. 95-98%. Gidromufta burg’ilash qurilmalari, ta’minlash nasoslari va b.da ishla- tiladi. Uchta yoki undan ortiq (nasos, yo’naltiruvchi apparat va turbina) par- rakli g’ildiragi bo’lgan g. u.ga gidro- transformatorlar deyiladi; buning gidromuftadan farqi shundaki, unda tsirkulyasiyalanadigan suyuklik reaktor- dan qo’shimcha o’tib, oqim yo’nalishini o’zgartiradi va turbinadagi valning bu- rovchi momentini pog’onasiz rostlashga (o’zgartirishga) imkon beradi. Avtomo- bil, teplovozlarning transmissiyala- ri, kemalarning kuch uzatmalari va b.da ishlatiladi.