Gidrofob qoplamalar
Gidrofob qoplamalar -gi- drofil (suv b-n yaxshi ta’sirlashadigan) materiallar sirtiga yupqa qatlamda be- riladigan suv o’tkazmaydigan moddalar. Materiallarga gidrofoblash eritmala- ri, emulsiyalari yoki bug’lari b-n ish- lov berib, monomolekulyar tsatlam yoki yupqa parda ko’rinishidagi g. q. hosil qilinadi. Bunday G. q. suv b-n kam ta’- sirlashib, material sirtida mustahkam o’rnashib qoladi. Gidrofoblagichlar si- fatida yog’li kislotalarning hamda mis, alyuminiy, tsirkoniy va b. metallarning tuzlari, organik birikmalar ishlatila- Di. G. q. turli materiallar (metall, yog’och, plastmassa, charm, tolali materiallar) ni suvning emiruvchi yoki namlash ta’- siridan himoya qiladi. Mashinasozlik, qurilish va to’qimachilik sanoatida keng qo’llaniladi.