Gidrogenerator

Gidrogenerator(gidro… va Ge- nerator) — gidravlik turbina yordamida aylanma harakatga keltiriladigan sin- xron generator. Rotori gidroturbina ish g’ildiragi o’qiga birlashtiriladi. Aylanish o’qining joylashishiga qarab, G.ning vertikal va gorizontal xilla- ri; aylanish chastotasiga qarab, sekin (100 ayl/min.gacha) va tez (100 ayl/min. dan yuqori) aylanadigan xillari, hosil qilinadigan quvvatiga qarab, kam (50 MVt gacha), o’rtacha (50— 150 MVt) va katta (150 MVt dan yuqori) quvvatli xillari bor. Sekin aylanuvchi kuchli G.ning aylanish o’qi vertikal, tez ay- lanuvchi g. (kovshli gidroturbinali) larniki esa gorizontal bo’ladi. G.lar daryolarning topologik va geologik Xu- susiyatlarini e’tiborga olib, tez ayla- nuvchi ko’pchilik g.ning o’qdari vertical o’rnatiladi. G.larni konstrukiiyalashda va montaj qilishda gidroagregat ayla- nuvchi kismlarining mahkamlanishiga va rotor hamda stator chulg’amlarini so- vitishga alohida e’tibor beriladi. G.ni uyg’otishda, odatda, Volga o’rnatilgan yor- damchi o’zgarmas tok generatoridan, ba’zi hollarda to’g’rilagichli sinxron genera- tordan foydalaniladi. Normal foyda- laniladigan g.ning kuchlanishni gene- rasiyalash diapazoni 8,8 dan 18 kv gacha, quvvat koeffisienta (Soir)—0,8—0,95. Tez aylanuvchi g.ning f.i.k. 97,5-98,8; se- kin aylanuvchilariniki — 96,3-97,5.