GIDROGEOLOGIK XARITALAR
GIDROGEOLOGIK XARITALAR – er osti suvlarining tarqalishi va kimyoviy tarkibini aks ettiruvchi xaritalar. G. x.da suvli gorizontlar- ning sifati, suv berishi, bosimli suv sistemasining qad. zamini, geologik strukturalarning o’zaro munosabati, re- Lef va er osti suvlari to’g’risida ma’- lumot beriladi. Geologik va tektonik xaritalarni inobatga olib gidrogeolo- gik s’yomka natijalaridan foydalan- gan holda tuziladi. G. x.da suvli gori- zontlar va ularning komplekslarini tarqalishi, manbalar va ularning suv bera olishi, quduqlar, burg’i quduqlari, karat voronkalari, suvli qalin qatlamning tubi yoki usti, er osti suvla- rining kimyoviy tarkibi tasvirlanadi. G. x. kichik (1:500000), o’rta (1:200000- 1:100000), yirik (1:50000 dan yirikroq) masshtabli bo’ladi. G. x. vazifasiga qarab umumiy, asosiy suvli gorizont- lar, maxsus xaritalarga bo’linadi. Umumiy G. x.da suvli komplekslar va gorizontlar, ularning tavsifi suv saqlovchi tog’jinslarining yoshi va pe- trografik tarkibi, gidrogeologik ta- yanch va xarakterli burg’i quduqlari, yirik suv manbalari, er ostining suv sathi haqida ma’lumotlar ko’rsatiladi. Asosiy suvli gorizontlar g. x.da suvli gorizontlarning tarqalgan maydoni, tog’ jinsining tarkibi va yotish chuqurligi, erkin yoki bosimli suvlarni sathi, gori- zontlarning suvliligi va minerallanish darajasi ko’rsatiladi. Maxsus G. x. suv ta’minoti masalalari va suv zaxirasini baholash, foydali qazilma konlarining suvliligi, mineral suv konlarining che- garasini aniqlash maqsadida tuziladi. G. x.larga, odatda, joyning gidrogeologik sharoitlarini tushuntiruvchi matn ilova qilinadi. Gidrogeologik r-nlashtirish, gidrokimyo, er osti suvlari va b. xari- talar maxsus tipli xaritalarga kiradi. Uebekistonda G. x. 1980-82 y.larda tu- zilgan.