Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti (“GIDROINGEO”) — O’zbekistonda gidrogeologik sohadagi yirik i.t. muassasasi. 1960 y.da O’zbekiston FA Geologiya in-tining gi- drogeologiya va muhandislik geologiya- si bo’limi asosida tashkil qilingan va 1963 y.gacha O’zbekistan Fanlar akade- miyasi tasarrufida faoliyat ko’rsatgan. 1963 y.da in-t sobiq Ittifoq geol. davlat qo’mitasi ixtiyoriga o’tkazilib, qurg’oq zo-nalar bo’yicha i. t. ishlari olib boradigan ilmiy markazga aylantiril- Di. 1969 y.dan O’zbekistan geol. vazir- ligi (1992 y.dan geologiya va mineral re- surslari davlat qo’mitasi) tasarrufida. In-t xodimlari Urta Osiyo va Jan. Qozog’iston hududida er osti suvla- ri zaxirasining asosiy manbalarini aniqladilar. O’zbekistonning shahar va qishloqlarini sifatli ichimlik suvi b-n.to’la ta’minlash ilmiy va amaliy jihatdan bashorat qilindi, er osti suv- laridan sug’orishda foydalanish usulla- ri ishlab chiqildi. Respublika hududi gidrogeologik meliorativ sharoitlari, artezian suv havzalari, muhandislik geologiyasi sharoitlari bo’yicha toifa- landi. Sho’rlangan erlarning meliora- TIV holatini yaxshilash uchun gidrogeo- logik meliorativ toifalashtirish va bashoratlash metodi ishlab chiqilib, shu asosda O’rta Osiyo regionining basho- ratli xaritasi tuzildi, er osti suvlari zaxiralarini saklash, isrof bo’lishiga chek qo’yish va ifloslanishining ol- dini olish muammolari hal qilindi. O’zbekistonning shahar va qishloqlarida er osti suvlari sathining ko’tarilib ketishini to’xtatish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Tog’li joylarda odam- lar hayotiga xavf solayotgan va xo’jalikka katta zarar keltiradigan geodinamik ja- rayonlar (tog’ko’chishi, qulashi, sel, karst) ning vujudga kelish qonuniyatlarini urganish metodi yaratildi. O’zbekistan Resggublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, in-t quruq iqlimli mintaqalarning gidro- geologiya va muhandislik geologiyasi masalalari bo’yicha i. t. olib boradigan markazga aylandi. In-tda ayni payt- da ichimlik, mineral, termal va sanoat uchun zarur suvlarni kidirib topish, zaxirasini hisoblash, suvni neft mahsulotlari b-n ifloslanishdan sa- klash, xavfli muhandislik, geologik jarayonlarni bashoratlash, gidrogeolo- giya va muhandislik geologiyasi bo’yicha tuzilgan hisob-kitob va rejalarni eks- pertiza qilish kabi muammo va mavzular bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. In-tda 2001 y.da 10 ta i. t. Labo- ratoriyasida 128 ilmiy xodim, shu jumladan 3 fan dri, 30 fan nomzo- Di va 36 muhandis, laborant ishladi. 1997 y.dan boshlab “GIDROINGEO” in- ti qoshida ilmiy daraja beradigan Ilmiy kengash faoliyat ko’rsatmoqda. “GIDROINGEO”ni ilmiy yo’nalishlarini ishlab chikishda va malakali xodimlar tayyorlashda G’. O. Mavlonov, A. N. Sul- tonxujaev, N. A. Kenesarin, S. Sh. Mir- Zaev, V. G. Samoylenko, N. N. Hojiboev, A. S. Hasanov, R. A. Niyozov va b. salmoqli hissa qushdilar. In-t boy kutubxonaga ega (18 mingdan ortiq asar).