GIDROKOMBINEZON

GIDROKOMBINEZON, g’avvoslik libosi — g’avvosni sovqotish va shi- kastlanishdan saqlaydigan kiyim-bosh. Suv o’tkazmaydigan (“quruq”) va suv o’tkazadigan (“ho’l”) g.lar bo’ladi. Suv o’tkazmaydigan g. rezinalangan gazlama- dan tikiladi. G. shlemi (bosh kiyimi), kuylagi, shimi, etigi va qo’lqoplari yax- lit yoki alohida-alohida qilib tayyor- lanishi mumkin. G. shlemiga g’avvoslik apparatidan keladigan nafas olish nay- chasi biriktiriladi. Suv o’tkazadigan g. g’ovak rezinadan tayyorlanadi; u g’avvos badaniga yopishib turadi. Unda shlem b-n ko’ylak birga, shim b-n paypoq birga ti- kiladi.