Gidrologik tarmoqlar

Gidrologik tarmoqlar -suv manbalari (Daryo, ko’l, suv ombori, ka- nal)ning gidrologik rejimini o’rganish maqsadida gidrologik kuzatishlar olib boradigan maxsus manzillar (gidrolo- gik stantsiya, gidrologik kuzatuv man- zili) majmui. O’zbekistondagi G.t.ning asosiy qismi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidro- meteorologiya Bosh boshqarmasi (boshgi- dromet) tasarrufida. Umumdavlat G.t.dan tashqari ayrim muassasalar (mas, tabi- atni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va b.) ga qarashli aniq maqsad va vazifalarni ko’zlab ish yuritadigan gidrologik st-ya va kuzatuv manzillari mavjud. O’zbekistan hududida dastlabki gidrologik manzil 1896 y. Norin daryosi (Uchqo’rg’on yaqini) da tashkil etilgan. 1901 y.dan Chirchiq daryosi (Xo’jakent qishlog’i yaqini)da, 1913 y.dan esa Amudaryo (Nukus yaqini) da tashkil etilgan manzillarda doimiy gi- drologik kuzatishlar olib boriladi. Ku- zatish manzillari soni yil sayin ortib bordi. 2000 y.da 120 dan ortiq gidrolo- gik st-ya va kuzatuv manzili ishladi. Yuza suvlarning sifatini kuzatish ham g.t. (70 ta Daryo va soyda, 11 ta suv omborida, 114 ta kuzatish joyi)da amalga oshiriladi. Ularda 65 gidrokimyoviy va 3 gidrobio- logik ko’rsatkichlar aniqlanadi (2000). G.t.da to’plangan ma’lumotlar ayrim ta- biiy yoki ma’muriy hududlar suv zaxira- lari miqdorini va sifatini baholashda hamda ulardan samarali foydalanish b-n bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.