Gidrolokator

Gidrolokator (gidro… va lot. loco —joylashtiraman) —suv osti- dagi ob’ektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gi- droakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi ob’ekt (mas, cho’kkan kema) gacha bo’lgan masofa, qiya uzoqlik bo’yicha suvga botish chuqurligi, vertikal te- kislik bo’yicha ob’ekt tomonga yo’nalish burchagi aniqlanadi. G.ning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar im- pulsi “qabul qilish —uzatish” uzib- ulagichi orqali elektrakustik vibra- torga boradi. Vibrator akustik impul- slarni muayyan burchak ostida yoki hamma yo’nalishlarda suvga tarqatadi. Ob’ek- tga tegib qaytgan impulsli signallar maxsus asboblar (rekorder, radiokar- nay, telefon, elektronnurli trubka) da qayd qilinadi va ishlov beriladi hamda tegishli ko’rsatkichlar aniqlanadi. G. ob’ektni qidirish usuliga ko’ra, odim- li qidirish, sektorli qidirish va doira- viy kuzatuv xillariga bo’linadi.