GIDROMODUL BO’YICHA RAYONLASHTIRISH
GIDROMODUL BO’YICHA RAYONLASHTIRISH —sug’oriladigan er- lar maydonini q.x. ekinlari suv tala- bligi, mexanik tarkibi, sizot suvlari sathi chuqurligiga qarab mintaqalarga ajratish. G.b.r. sug’orish kanallarining hisob-kitoblari va suvdan foydalanish- ni rejalashtirish va boshqarish uchun zarur. Barcha sug’orish va suv berish nor- malari, suv berish oralig’idagi davr, ya’ni gidromodul ordinatalari egat b-n sug’orish uchun belgilanadi. Tuproqning mexanik tarkibi engil, grunt suvlari chuqur bo’lsa, sug’orish normasi kattaroq belgilanadi, suv berish normasi esa kichik, ammo soni ko’proq (suv berish davri cho’zilgan) bo’ladi. Tuproq mexa- nik tarkibining og’irlashuvchi va grunt suvlarining ko’tarilishi b-n sug’orish normasi kamayadi va suv berish normasi ortadi. Har bir zonada tuproq mexanik tarkibiga qarab engil (qumli, qumloqi), o’rta (engil va o’rtacha qumoqli) va og’ir (og’ir qumoqli, gilli va qatlamli) tur- larga bo’linadi. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalari har bir tuproq turi tarqalgan maydonlar, sizot suvlari sathining chuqurligiga qarab quyidagi gidromodul r-nlari ajratiladi: grunt suvlari sathi 3 m dan chuqur; 2-3 m, 1-2 m va 1 m dan kam bo’lgan r-nlar. Grunt suvlari sathi chuqurligiga ko’ra engil tuproqlarda 1, II, III; o’rtacha tuproqdarda IV, V, va VI, og’ir tuproqdarda VII, VIII va IX gidromodul r-nlari belgilan- gan. Grunt suvlari chuq. 1 m va undan yuza bo’lgan hollarda tuproqning hamma tur- lari X gidromodul r-nga kiritiladi. Sug’oriladigan maydonlarning kengay- ishi natijasida tuproq qatlami va suv- fizik va kimyoviy tarkibi turlicha bo’lgan erlar ekinzorlarga aylanmoqda. Bunday erlarda ekinlarni o’stirish tuproqning sho’rlanish darajasi va tipiga, sug’orish suvining sifati va tuproq qatlamining tuzilishiga ko’ra turli miqdorda suv talab qiladi. Shuning uchun ilmiy va loyiha tashkilotlari agrolandshaft G.b.r., meliorativ va sho’r yuvish rejimi- ni hisobga oluvchi g.b.r., grunt suvlari hosil bo’lishi va sug’orishning sho’r yuvish rejimi sharoitlarini hisobga oluvchi G.b. r. usullarini yaratish yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ad.: Shreder V. R. i dr., Raschetnie zna- cheniya orositelnix norm selskoxozyay- stvennix Kultur v basseyne rek sir- dari i Amudari, T., 1970; Ahmedov X. A., Sug’orish meliorasiyasi, T., 1977. Masharip Baqoev.