GIDROMORF TUPROQLAR
GIDROMORF TUPROQLAR – grunt suvlarining yaqin bo’lishi (0,5-3,0 m) natijasida doimiy kapillyar namla- nish ta’sirida shakllangan tuproqdar. O’rta Osiyoda sug’oriladigan erlarning yarmidan ko’pini g.t. tashkil etadi. Geo- morfologik sharoitlari va namlanish rejimiga qarab allyuvial va saz (bulok) rejimidagi g.t. ga bo’linadi. Allyuvial rejimdagi g.t. yirik Daryo suvidan ta’- minlanib turuvchi grunt suvlari yaqin bo’lgan qayirlarda, quyi Daryo terassa- larida va hoz. deltalarda shakllangan. Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va b. daryolarning sohillarida tarqalgan. Saz rejimidagi g.t. soy va konuslararo pastqamlik yoyilmalarining Perife- rik hamda o’rta qismlarida, shuningdek tog’yon bag’ri tekisliklarida tog’grunt oqimining nurashidan vujudga kelgan ki-chik yopiq depressiya (botiq)larda shaklla- nadi. Bundam rejimdagi tuproqlar tosh- kent, Samarkand, Mirzacho’l vohalarida, Kitob-Shahrisabz havzalarida, sur- xondaryoning yuqori va o’rta oqimi, shu- ningdek G’arbiy Farg’ona va b. joylarda uchraydi. Minerallashgan grunt suvlari- ning sekin siljishi (cho’l va sur tuproq mintaqasining qisman pastki zonala- riga xos) natijasida sho’rlangan g.t. va sho’rxoklar vujudga keladi. Tarqalish hududiga ko’ra g.t. cho’l zonasi va bo’z tuproq mintaqasidagi o’tloqi, botqoqi va sho’rxok tuproqlarga ajratiladi. G.t.dagi tuproq-grunt qatlamining do- imiy sernam bo’lib turishi o’ziga xos o’simliklarning rivojlanishiga, chirin- Di hosil bo’lish, shuningdek suvli va b. qatlamining doimiy sernam bo’lib tu- rishi o’ziga xos o’simliklarning rivoj- lanishiga, chirindi hosil bo’lish, shu- ningdek suvli va b. qatlamlardagi tikla- nish jarayonlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun g.t.ning chirindili qatlami avtomorf tuproqlarnikiga nis- batan qalin, gleylanish, shuningdek kar- bonatli va gipsli qatlamlar chuqurroq joylashgan bo’ladi. Cho’l zonasining yosh qayir-allyuvial o’tloqi tuproqdarida chirindining miqdori 0,3—0,5%, o’tloqi va o’tloqi-botqoqi tuproklarda 7-10%, torfli-botqoqlarda esa 20%ni tashkil etadi. G.t. o’zlashtirilganda, o’z xususi- yatlari va tuproq hosil bo’lish jarayon- lari b-n qo’riq erlardan keskin farq qiluvchi voha tuproqdari rivojlanadi. Orif Komilov.