GIDROSELE

GIDROSELE (gidro… va Yun. Kele — shish), moyak istisqosi —urug’don b-n qin pardasi orasiga suyuklik yig’ilishi. U tug’ma bo’lishi yoki moyak va ortig’ining turli yallig’lanish kasalliklarida, ularga shikast etganida vujudga keli- shi mumkin. Tug’ma va orttirilgan, bir yoki ikki tomonlama, o’tkir yo surunkali xillari bor. Suyuklik urug’don atrofi- ga asta-sekin yig’ilib, kattalashaveradi. Taranglashgan xilida yorg’oqning o’ng yoki chap tarafida qattiq o’smasimon tuzilma aniqlanadi, taranglashmaganida esa u ancha elastik bo’ladi. Tutashgan shaklida bemor etganida tuzilma ancha kichrayadi, tutashmagan xilida esa o’lchamlari bir xil turaveradi. Taranglashgan xili- ni tezroq operasiya qilish lozim. G.ni vaqtida jarrohlik yo’li b-n bartaraf etilmasa, urug’don atrofiyaga uchrab, be- pushtlikka olib kelishi mumkin.