GIDROXORIYA
GIDROXORIYA (gidro… va Yun. choreo — tarqalaman) — diaspora- lar (urug’, spora va b.)ning suv orqali tarqalishi. G. tasodifiy yoki doimiy bo’lishi mumkin. Tasodifiy G. diaspo- ralarning suvda oqib borayotgan pred- metlar yoki suv oqimi b-n tarqalishidir. Doimiy G. diasporalarning morfolo- gik tuzilishi va biologik xususiyatlari (suvda ivimaslik, o’zida havo saklov- chi parenxima yoki havoli bo’shliklar bo’lishi) b-n bog’liq. Doimiy G. dengiz soxdlida o’sadigan o’simliklar (mas, ko- kos va Seyshel palmalari) va chuchuk suv o’simliklari (mas, g’ichchak, suvrang) uchun xos. G. turning tarqalishiga, ya’ni yangi arealni egallashiga imkon beradi.