Gifu

Gifu — Yaponiyadagi shahar, Xon- Syu o.ning o’rta qismida, Nagara Daryo- si sohilida. Gifu prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 410,3 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). T.y. tuguni. G. ipakchilik rnining markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati rivojlangan. Shoyi to’qiladigan yirik f-kalar, ip gazlama korxonalari, aviasozlik z-dlari bor. Kustar usulda yapon qog’ozi i.ch. va qog’oz buyumlar (fonus, shirma, zont) tayyorlash b-n mashhur. Bu buyumlarning bir qismi chetga chiqariladi. Iqtisod in-ti (1896), un-t bor. Shahar 1891 yilda sodir bo’lgan kuchli zilziladan keyin qayta qurilgan. Turizm rivojlangan.