Gigantopiteklar
Gigantopiteklar (lotincha gigantopithecus)-qirilib bitgan yuksak primatlar urug’i. Gigantopiteklarning suyak qoldiqlari (pastki va yuqori katta oziq tishlari)ni birinchi marta 1935 yili Janubiy Xitoyda erta pleyston qatlamlarida golland olimi Kengsvald topgan. Bu topilma kaynazoyning to’rtlamchi davriga mansub. 1959 yili Xitoy olimlari Pey Ven Chjun va Li ham Guansi viloyatidagi g’orlardan Gigantopiteklarning uchta butun pastki jag’lari va juda ko’p tishlarini topishgan.