GIGROFILLAR
GIGROFILLAR (gigro… va … fil) — sernam sharoitda yashashga moslashgan quruqlik organizmlari. Gigrofillar, odatda, botqoqlashgan maydonlar, nam o’rmonlar, daryo o’zanlari suv havzalarining qirg’oqlari va sernam tuproqlarda (yomg’ir chuvalchanglari va boshqalar) yoki chiriyotgan daraxtlarda (hasharotlar, ko’poyoqlilar) yashaydi. Sernam joylarda o’sadigan o’simliklar gigrofitlar deb ataladi.