G’IJMALOS
G’IJMALOS, g’ichmalos — govzabondoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Bo’yi 10-40 santimetr, shoxlangan poyasi tukchalar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimon, uch qismi to’mtoq yoki o’tkir qirrali. Gullari mayda, gajak to’pgulga yig’ilgan, kosacha bargi 2 millimetr, gul tojisi oqish, mayda, toj naychasi 2-3 millimetr mevasi 4 bo’lakli yong’oqcha. Urug’i tuxumsimon, usti yaltiroq, tekis yoki sal g’adir-budir. May—iyunda gullab, iyun—iyulda urug’laydi. O’zbekistonda, asosan, Buxoro va Qoraqalpog’istonda tarqalgan. Toshloq joylarda va tog’yon bag’irlarida o’sadi. Ekinlar orasida begona o’t sifatida ham uchraydi. Tarkibida geliotrin, laziokarbin va boshqa alkaloidlar bor. Zaharli.