Gilam

Gilam —badiiy to’qimachilik buyu – polga to’shash, devorga osish, xonani bezash, isitish, tovushni pasaytirish- ga xizmat qiladi. Qo’lda gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda jun, ipak, kanop, paxta va b. iplardan to’qiladi. To’qilishiga ko’ra g.ning patli va patsiz (palos), bezagiga ko’ra naqshli va mavzu- li turlari farqlanadi. Naqshli G. mu- jassamoti handasiy yoki o’simliksimon bezaklar, turli xil belgi-ramzlardan iborat, ayniqsa, islimiy mujassamot- lar nihoyatda go’zal; mavzuli mujas- samotlarda ov manzaralari, gullagan bog’lar aks etadi. Yaratilishiga ko’ra, to’qima (guli to’qiladigan), tikma (guli tikiladigan), bosma (guli bo’yab bosila- digan) turlari bor. Naqsh mujassamoti (handasiy, islimiy, girih va b.) va unda Markaziy maydon b-n hoshiyasi orasi- dagi nisbat, sifati (patli yoki patsiz- ligi, patining uzun-qisqaligi), bo’yog’i, ranglar uyg’unligi, xom ashyosi, hajmi G.ning badiiy qimmatini belgilaydi. Qo’lda va korxonalarda mashinada to’qiladigan Markaziy Osiyo, Moldo- va, Rossiya, Ruminiya va b. G.lari keng tarqalgan (q. Gilamchilik sanoati). Ijro usuli, sifati va mujassamotining murakkabligi b-n qo’lda to’qilgan g.lar betakrordir.