Gilambop qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Gilambop qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblasti, Sherobod va Termiz rayonlari territoriyasida uchraydi. Toponimni gilam so’zi bilan bog’lab “gilambop” ekan degan etimologiyasi afsonadir. Aslida bu toponim etnik nom bilan bog’liq. Eron xalqlariga mansub gel qabilasi yashagan joylar gilon deb atalgan. Gel qabilasi arab istilosidan keyin yarim mustaqil holda yashagan. Shunday qilib, toponim gel-qabila nomi on-qo’shimcha. Bop-arabcha “darvoza degan ma’noni beradi. Gilanbop yoki Gilambop “gilonlar darvozasi, gilonlar qishlog’i”dir.



