Gilamchilik

Gilamchilik —gilam to’qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik b-n shug’ullanadigan ko’chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O’simlik (paxta, zig’ir, jut) tolasi, jun (qo’y, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam to’qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozala- nadi, temir taroqlarda taraladi, taral- gan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo’yoqlar b-n bo’yaladi. Shu- ning uchun gilam ranglari o’zgarmaydi va o’zining sifatini yo’qotmaydi. Hozirda sun’iy tolalardan ham to’qilmoqda. G. er bag’irlab yotiq (gorizontal) va tik (verti- kal) o’rnatilgan dastgohlarda to’qiladi. G. rivojlangan joylarda to’quv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha to’quvchi yonma-yon o’tirib bir- daniga to’qiyveradigan keng o’q (g’altak)li xillari yaratilgan. Gilamdo’z usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosi- da to’qiydi. To’qilish usuliga ko’ra pat- li va patsiz gilam turlari farklanadi. Qo’lda gilam to’qish O’rta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivoj- langan. Qo’lda gilam to’qish nihoyatda sermashaqqat ish, to’quvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilam- larni to’qish ayniqsa murakkab. Qo’lda to’qilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib band- lar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan so’ng arqoq ipi o’tkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuvi- ladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyor- lanadi. 20-a. 30-y.laridan keyingina pat bog’laydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo bo’ldi (jumladan Andijondagi “Mehnat guli” arteli). Sharq G.da ish- lab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamo- ti, sifati (qalinligi, patining uzun- qisqaligi), rang echimi b-n bir-biridan farqlanadigan Eron, turk, turkman va Ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur. G.ning paydo bo’lgan vaqtini aniq aytish qiyin, chunki jun chidamsiz bo’lib, qad. gilamlar saqlanmagan. Eng qad. Gilam mil. AV. 6-5-a.larga oid bo’lib, tog’li Oltoydan topilgan, abadiy muzloqda bo’lgani uchun yaxshi saqlangan. Olim- larning taxminiga ko’ra, u axomaniy- lar davri Forslari yoki O’rta Osiyo qabilalari orasida tayyorlangan (hajmi 1,8×2 m; naqsh mujassamoti: handasiy shakllar Nilufar gullar b-n bezatilgan, keng hoshiyalarida otliq chavandozlar, Xoldor bug’ular, grifonlar tasviri bor). Qad. va ilk o’rta asrlar g.ga oid ma’- lumotlar yozma manbalarda saklan- gan. Saljuqiylar davrida gilam- lar (“Ko’nya”, topilgan joy nomi- dan) ko’plab tayyorlangan va Misr, Hindiston, Xitoyga chiqarilgan. O’rta asrlarda g. uch yo’nalishda — ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorva- dor qabilalarda, o’troq (qishloq yoki shahar) aholi orasida, saroy ustaxona- larida rivojlangan. Tadqiqotchilar Eron, Zakavkaze, O’rta Osiyo gilam- larini alohida ko’rsatib o’tganlar. 16-asrdan saroy (Eron) gilamlari yaxshi saqlangan. Bu gilamlar (“turunj”, “Shoh Abbos”, “bog'”, “ov” va b.) amaliy san’atning Nodir namunalaridir. Ular miniatyura ustalari — musavvirlar- ning chizgilari asosida to’qilgan. G. Tur- kiya, Boburiylar davrida Hindistonda (“Mo’g’ul”, “Agra” va b. gilamlar), Misr, Suriya, Kavkaz ortida taraqqiy etdi. 18-19-a.larda g. Zakavkaze va O’rta Osiyoda saroylarda emas, balki xalq orasida keng tarqaldi. Asosiy markaz- lari Kazax, Ganja, Shirvon, Boku, na- xichevan bo’lgan Zakavkaze gilamlari rang-barang mujassamoti, ijro usuli va badiiy jihati b-n, Turkmaniston gilamlari (“Salor”, “sariq”, “taka yovmut”, “Bashir” va b.) qizil rangi- ning teranligi, handasiy gullari va o’ta pishiqligi b-n ajralib turadi. G’arbiy Evropa G.da 16-a.dan flamand, frantsuz, nemis shpalerlari alohida o’rin tutgan. 17-18-a.lardan patli gilamlar (1624 y.da Parijda asos solingan savo- neri manufakturasida) ishlab chiqarila boshlangan, keyinroq Angliya va Ispani- yada ham patli gilamlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. 19-a.dan gilamlar f-kalarda ishlab chiqarila boshlagach, uning sifati keskin pasayib ketdi. 20-a. o’rtalaridan badiiy hunarmandlikda g.ni qayta ti- klashga urinishlar samarali bo’ldi. Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya patli gilamlari b-n bir katorda pat- siz gilamlar ham tayyorlana boshladi. G. O’rta Osiyo, xususan O’zbekistan hududida juda qadimdan rivojlangan (Xorazmdagi arxeologik qazishlar pay- tida mil. AV. 1-ming yillikka mansub gilam namunasi topilgan). G. b-n asosan ayollar shug’ullangan, naqsh (gul)lar (is- limiy, girih, hayvon shakllari, turli narsalar tasviri, urug’tamg’asi va b.) ni esa xotirada saqlashgan. Bezaklarida yo’lbars va tuya izlari, olma guli, uzum ZANGI, tuya bo’yni, qalqon, o’simliklar ifodalangan, ayniqsa xayvon shoxi tasviri keng tarqalgan. Mujassamoti- ning berkligi, Markaziy maydonning naqshli hoshiya b-n o’ralganligi (yo’l-yo’l naqshlar bundan mustasno) O’rta Osiyo gilamlari uchun xos bo’lgan, naqshining aniqligi, go’zal bo’lishi va ranglarining uyg’unligi ularning badiiy qimmatini oshirgan. Asosiy rang kizil rang va uning 2-3 Tuey bo’lib, ko’k, qora, oq, sariq ranglar ikkinchi darajali bo’lgan. Ranglarning mohirona ishlatilishi b-n ifodali tasvir hosil qilingan. Bir naqsh qismlarini turli ko’rinishlarda bo’yalishi b-n rang-baranglikka va jozibadorlikka erishilgan. Andijon, Samarqand gilamlari, qoraqalpoqlar to’qigan o’tov jihozlari badiiy jihatdan mohirona ishlangan. Andijon gilamlarining pati qisqa, qalin va mayin bo’lgan. Samarqandning rangdor uzun patli julxirs (“ayiq teri”) gilami o’ziga xosligi b-n ajralib turadi. 20-a.ga kelib g. o’ziga xos tarzda taraqqiy etdi, g. markazlarida gilam to’qish ri- vojlandi, artellar tuzilib, ularga xalq ustalari jalb qilindi (mas, Andi- jon viloyati oyim qishlog’idagi gilam to’qish arteli), ularda bir xil naqshli, yuqori sifatli gilamlar, shuningdek, mayda ro’zg’or buyumlari to’qildi. 30-y. larning 2-yarmidan mavzuli va tasvir- li gilam namunalarini yaratishga uri- nishlar bo’ldi. G. markazlarida Kavkaz gilamlari, an’anaviy turkman gilamla- ri xilidagi birmuncha soddalashtiril- gan gilamlar ishlab chiqarildi, faqat Samarkand gilami (julxirs) o’zining an’anaviy uslubini, rangdorligini saqlab qoldi. 40-50-y.larda g. markaz- lari (Samarkand, kitob, 1946; Xiva, Andijon, Termiz, 1947; Shahrisabz, 1949; Xo’jayli, 1954) tashkil etildi, mahalliy ustalar shogirdlar tayyorladi, qad. an’anaviy naqshlar tiklandi. Ras- som va hunarmand ustalar hamkorligi natijasida muvaffaqiyatlarga erishil- Di. Amaliy va mahobatli san’at an’a- nalaridan unumli foydalanilib, dast- labki yangi nusxa Xorazm gilami va unga xos bo’lgan Feruza rang zamin yaratildi. 60-y.larning oxirida mayda Artel- lar birlashtirilib yangi g. korxonala- ri tashkil etildi, mohir ustalar shu korxonalarda mehnat kila boshladi. Olmaliq, Samarqand, Xiva, Forish, Shofirkon va b. joylardagi f-kalarda an’anaviy naqsh mujassamoti va ba- diiy jihatdan ijodiy boyitil- gan nafis gilamlar tayyorlanmoqda. Hoz.da g. Farg’ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog’istonda rivojlangan. Shu- ningdek, Samarkand, Urgut, Qo’qon va xo- razm ham g. markazlaridir. An’anaviy G. hunarmandlik turi (uyda to’qiladigan) sifatida rivojlanmoqda. Samarkand va Buxoroning ipak gilamlari ham keng tarqalmoqda. An’anaviy G. rivojiga “Usto” birlashmasi va “hunarmand” assosiasiyasi munosib hissa qo’shmoqda (yana q. Gilamchilik sanoati). Elmira Gul.