Gilbert (Gilbert) Uilyam

Gilbert (Gilbert) Uilyam (1544.24.5, Kolchester – 1603.30.11, Lon- don) — ingliz fizigi va saroy vrachi. Magnit va elektr hodisalarini o’rganish b-n Shuhrat qozongan. “Magnit, magnit jismlar to’g’risida va katta magnit — Er to’g’risida” asarida (1600) er kat- ta magnit hisoblanadi. Erning magnit mintaqalari geografik mintaqalar b-n mos keladi, degan farazlarini birin- chi bo’lib ilgari surgan va temir sharni magnitlab, u ham erga o’xshab magnit mil (strelka)ga ta’sir etishini ko’rsatgan. U Angliyada N. Koperniknnng geliosen- trik nazariyasini tarqatuvchisi bo’lgan.