GILBERT MUAMMOLARI
GILBERT MUAMMOLARI — nemis matematigi D. Gilbert ur- taga tashlagan 23 muammo. Ular mat. ning turli sohalari (sonlar nazari- yasi, to’plamlar nazariyasi, funktsiya- lar nazariyasi, topologiya va b.)ga doir. G. m.ning ba’zilari: 1. Quvvati sanoqli to’plam quvvatidan katta, lekin kontinu- um quvvatidan kichik to’plam mavjudmi? 2. Arifmetika aksiomalari siste- masining ziddiyatsiz ekanligini chekli sondagi deduktiv fikr yuri- tish, ya’ni umumiy qoidalardan mantiqan xususiy qoidalar chiqarish yo’li b-n isbot qilish mumkinmi? 3. Ikkita tengdosh tetraedr teng bo’laklardan tuzilgan bo’la oladimi? 4. a — algebraik son va r — algebraik ir- rasional son bo’lganda ar ko’rinishidagi son transtsendent (algebraik bo’lmagan) son bo’la oladimi?