Gilbert, Xilbert (Hilbert) David

Gilbert, Xilbert (Hilbert) David (1862,23.1, Velau, Kenigsberg — 1943.14.2, Gyottingen) — nemis matema- tigi, prof. (1893). G. tadqiqotlari mat. ning ko’p bo’limlari taraqqiyotida muhim o’rin tutgan. Asosiy ilmiy ishlari in- variantlar, algebraik sonlar nazari- yasiga, geometriya asoslari, variasion hisob va differentsial tenglamalarga, integral tenglamalar nazariyasiga, son- lar nazariyasida Varing muammosi echi- miga, matematik fizika asoslariga, mat. ning mantiqiy asoslariga doir. G. mat. ning tabiatshunoslik b-n bog’liqligi masalalari b-n ham shug’ullangan. G. mat. ning deyarli hamma sohalariga oid 23 muammoni o’rtaga tashlagan (q. Gilbert muammolari).