GILDIYA TIZIMI

GILDIYA TIZIMI (nem. korporatsiya) — elitalarni shakllantirish tizimlaridan biri. Unga 1) yopiqlik, yuqori lavozimlarga elitaning quyi qatlamlaridan nomzod tanlash, yuqoriga siljishning pog’onaviyligi; 2) lavozimlarni egallash uchun ko’plab rasmiy shartlarning mavjudligi; 3) tanlovni alohida imtiyozli kichik guruh amalga oshirishi; 4) mavjud yetakchi tipini tiklashga, yaratishga, saqlab qolishga harakat qilinishi.