Gilkorlik

Gilkorlik — hunarmandlik turi; maxsus qorishmalar tayyorlash va uning yordamida tosh (marmar, xarsang va b.), g’isht terish, o’yma, bo’yama naqsh ishlash san’ati; shu soha b-n shug’ullanadigan usta gilkor deb ataladi. Gilkor ustalar qurilish ishi, qorishma tayyorlash, Su- vash, naqsh ishlash bo’yicha ixtisoslasha- Di. Qorishma (tarkibi unutilgan) devor yuzasiga surtilib, so’ng shu yuzaga naqsh o’yib ishlanadi va bo’yaladi. Bu me’moriy bezak ganch o’ymakorligi va naqqoshligiga yaqin (q. Ganchkorlik, Naqqoshlik). Eng rivojlangan davri 10— 12-a.larga to’g’ri keladi. Afrosiyob (10-a.), Termiz shohlarining saroy xarobalari (11 — 12-a.lar), O’zgandagi shim. maqbara (12- a.), Temuriylar davrida yaratilgan me’- moriy yodgorliklar va b. da ganchkori yassi bo’rtma tasvirlar, naqshlar mahorat b-n ishlangan, ganchni o’yib ajoyib naqshli panjaralar yasalgan. G. O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. Sharq mamlakatlarida rivojlangan, xilma- xil uslub va an’analari vujudga kelgan. Gilkor ustalar eng yaxshi an’analarni o’zlashtirgan holda ularni zamon talabla- riga moslab ijodiy rivojlantirmoqda.