Gilli slanets
Gilli slanets – gillarning yer po`stida bosim ta’sirida siqilishidan paydo bo`ladigan metamorfik tog` jinsi. Gilli slanets qatlanib ajralish xossasiga ega. Suvda ivimaydi, gilga nisbatan qattiq. Qora, kulrang, goho yashil rangda uchraydi. Gilli slanetsdan qurilishda, qalam ishlab chiqarishda, qishloq xo`jaligida ug`it sifatida foydalaniladi.