Gilmoya

Gilmoya — gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. O’zbekistonda G.ni gilvata, tog’yog’i, ko’k shiram, soz kesak, toshsovun ham deyi- shadi. G. asosan dengiz va okean tubla- rida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy o’zgarishidan hosil bo’ladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qo’ng’ir va h.k. Sovunga o’xshash, yumshoq, issiqda tez qurib, tosh- ga aylanadi. Suvda hajmi 2-15 baravar oshadi. G. har xil moddalar, radioaktiv elementlarni yutish (adsorbtsiya) xususi- yatiga ham ega. 1110— 1125° qizdirilsa, ko’pchib, g’ovakli tosh — keramzitga ay- lanadi. G. rezina, qog’oz, metallurgiya, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyot va q. x.da ko’plab ishlatiladi. G. bo’r va Paleo- gen davri katlamlarida keng tarqalgan. O’zbekistonda 200 ga yaqin g. konlari bor- ligi aniqlangan.