Gilon, Gelon

Gilon, Gelon — Erondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining Jan.-g’arbiy sohilida joylashgan. Mil.AV. 8-a. — mil. 6-a.larda g. hududida gel qabi-lasi (hoz. gilonlar ajdodi, viloyat nomi xam shundan olingan) yashagan. 8-9-a.lar- da g.ni arablar bosib olgan. 1307-70 y.lar mo’g’ullarga tobe bo’lgan. 1370 y.dan 16-a.gacha g.ning Sharqiy qismi — loxi- jonda Saidlar davlati bo’lgan. G.ning asosiy qismi 1385 y.dan Amir Temur va Temuriylar davlati, 16-a. boshidan Eron safaviylari tarkibida. Eron inqilobi (1905-11) va 1918-21 y.larda Erondagi milliy ozodlik harakatining muhim markazi bo’lgan. Xususan, G.ning Resht sh.da Gilon Respublikasi, mavjud bo’lgan. G. Eronning eng boy viloyatlari- dan biri bo’lib, o’rta asrlarda ayniqsa o’zining ipagi b-n Shuhrat qozongan.