Gilon Respublikasi

Gilon Respublikasi – Ros- siya armiyasining Eronga qilgan bosqini (interventsiya) natijasida Gilon VI-loyatida tuzilgan respublika (1920 y. 4 iyun—1921 y. 7 noyab.). 1920 y. 18 mayda Rossiya floti Eronda sovet re- jimini o’rnatish maqsadida Enzaliga xarbiy desant tushirdi. Qizil askar- lar Eron mujohidlari b-n birgalikda Gilon viloyatining markazi Rasht sh.ni egallashdi. G. r. tuzilganligi e’lon qilinib, Kichikxon Mirzo boshchili- gida muvaqqat hukumat tashkil topdi. Kichikxon Mirzo qo’shinida 8000 kishi bo’lib, undan 6000 kishi sovet askarlari edi. Oradan ko’p o’tmay Kichikxon Mir- zo b-n bolsheviklar o’rtasida ixtilof vujudga keldi. 31 iyulda Gilonda sovet armiyasi Kichikxon Mirzo hukumatini ag’darib tashlab, Ehsonulloxon boshchi- ligida Eron kommunistlaridan iborat inqilobiy qo’mita — revkom tuzishdi. Sovet qo’shinlari va Eron qizil armiyasi 1 avg.da Menjil sh.ni egallab, Qazvin va Tehronga qarab yurish qildilar. Biroq 15 avg.da ular Kazvin vodiysida ingliz- lar va shoh qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchrab, 16 avg.da Menjildan ham cheki- nishdi. Eron shohi qo’shinlari 24 sent.da Rashtni kizil askarlardan ozod qildi. G. r. ning hukumat idoralari Enzaliga ko’chirildi. Rossiyadan etib kelgan ki- zil askarlarning ko’magida 22 okt. Da Rasht yana bosib olindi. Shaharni 45000 aholi tark etdi. Noyabr oxirida Rossi- yadan yana 3000 jangchi jo’natildi. Eron qizil armiyasi qo’mondoni N.F. Gikalo edi. Xalqaro vaziyat keskinlashib keti- shidan cho’chigan Rossiya Moskvada Eron b-n shartnoma imzolashga (1921 y. 26 Fev.) majbur bo’lgach, qizil askarlar- ni chaqirib olish majburiyatini oldi. 1921 y. 6 mayda Kichikxon Mirzo yana Gilon hukumatini boshqargan. U Gi- londan qizil armiya chiqib ketishi- ni qat’iyan talab qildi va sosiali- stik yo’nalishdan voz kechdi. Kichikxon Mirzo 19 sent.da Gilondagi sovet va fors kommunistlariga qarshi ochiq hujumga o’tdi. Eron shohi qo’shinlari b-n bo’lgan jangda Kichikxon Mirzo mag’lubiyatga uchradi va noyab.ning boshi- da o’ldirildi. Shoh qo’shinlari Rasht va Enzalini egalladi, g. r. tugatildi. 1921 y. 9 noyab.da Gilon viloyati Eron shohi ma’muriyati hukmi ostiga o’tkazildi. Ad.: Persii M. A., Zastenchivaya Inter- ventsiya. O sovetskom vtorjenii v Iran i Buxaru v 1920-1921 gg, 2-izd, M., 1999; O’zbekistonning yangi tarixi. Kontseptu- al — metodologik muammolar, T., 1998. Qahramon Rajabov.