Gilozoizm

Gilozoizm (Yun. hyle — modda va zoe — hayot) — materiyaning barcha tur- larini jonli deb hisoblaydigan ta’li- mot. Materiyaning barcha shakllari sezish va fikrlash qobiliyatiga ega deb biladi. Terminni 1678 y.da ingliz faylasufi R. Kedvort (1617— 88) kiritgan. Bunday qarash yunon falsafasi (Ioniya fayla- suflari, Empedokl, Anaksagor, Fales), qisman stoisizm, Uyg’onish davri na- turfalsafasi (B. Telezio, J. Bruno, T. Paratsels), 18-a. frantsuz materialist- lari, jumladan, D. Didro dunyoqarashi, F. Shelling naturfalsafasi uchun xos bo’lgan.