GILTCHOLGICH
GILTCHOLGICH — qoraqalpoq ayollarining ziynat buyumi, taqinchog’i. Tuzilishi sakkiz (8 ) raqamiga o’xshash bo’lib, kumush bo’lagidan yasaladi. O’rtasiga qimmatbaho tosh qadalib, atrofi oddiy handasiy (doira) shakllar bilan bezatiladi; unga gilt (bezak sifatida ishlangan kalitcha) to’g’nab qo’yiladi. Giltcholgich ko’ylak yoqasi old kesimining pastki qismi yoki ko’krak burmasiga taqiladi.