Gilza

Gilza (nem. Hiilse, so’zma-so’z — qobiq) — 1) artilleriya g.si — po- Rox zaryadi, qo’shimcha elementlari (alanga so’ndirgich va b.), alangalash vositasi (kapsula) ni joylash uchun mo’ljallangan yupqa devorli metall sta- Kan; 2) miltiq, pulemyot va b. qurollar uchun mo’ljallangan g. porox zaryadi va o’q b-n birga patronni tashkil qiladi, u ham metalddan tayyorlanadi. Ov miltig’i uchun mo’ljallangan g. metall yoki karton- dan yasaladi, ichiga porox zaryadi (pitra, o’q va pij — latta-putta yoki jun tolala- ri) joylanadi; 3) suv b-n sovitiladigan porshenli issiqlik dvigatellari blok- karteriga o’rnatilgan tsilindrik mosla- ma. Ishqalanib ishlaydigan sirtlarning eyilishini kamaytirish va almashti- rishni osonlashtirish uchun qo’yiladi. Dvigatel porsheni tsilindr g.sida harakatlanadi, shuning uchun g.ning ichki sirti yaxshilab silliqlanadi; tashqi to- mondan blok-Karterning suv g’ilofida aylanib yuradigan suv b-n sovitib turi- ladi. Bunday G. cho’yandan yasaladi; 4) Pa- Piros (sigareta) g.si — tamaki joylana- digan qobiq. U yupqa qog’oz va qalinroq qog’oz mundshtukdan iborat. Filtrli sigareta g.si qog’oz filtr b-n tugaydi.