GIMENOFOR

GIMENOFOR (gimeniy va Yun. Phoros — ega bo’lgan) — bazidiomisetlar- ning gimeniyga ega bo’lgan mevali tanasi sirti. Tuban vakillarida g. silliq, yuk- sak bazidiomisetlarda plastinkasimon yoki naysimon. Oraliq shakllari: ti- kansimon, burmali, qirrali, ko’ndalang plastinkali va b. G. tuzilishining murakkablashuvi gimeniy yuzasining kengayishi (shunga muvofiq sporalar sonining oshishi) va gimeniyni meva- li tananing pastki yuzasiga siljishi orqali sodir bo’lgan. Bu hol gimeniyni jarohatlanishdan himoya qilish imkoni- ni beradi va sporalarning tarqalishiga qulaylik tug’diradi.