Gimnasiy

Gimnasiy (Yun. gymnasion) — Yunoniston shaxarlari va ellinistik Sharkda davlat o’quv-tarbiya muassasasi. G.larning paydo bo’lgan vaqti haqida aniq ma’lumot yo’q. Mil. AV. 5-4-a. larda keng tarqalgan. G. avval jismo- niy mashqlar b-n shug’ullaniladigan ma- skan sanalgan. Keyinchalik yoshlarning musiqiy (akliy va estetik) hamda gim- nastik (axloqiy va jismoniy) rivojla- nishini ta’minlovchi, shu b-n birga bir- birlari b-n muloqotda bo’lish markaziga aylangan. G.davlat nazoratidagi maktab bo’lgan. Unga zodagon quldorlar oilasi- ning palestra (Yunoni-stondagi 12-16 yoshli bolalarning gimnastika maktabi- ni tugatgan 16 yoshli farzandlari qabul qilingan. Ular G.da 18 yoshgacha gimna- stika b-n shug’ullanishgan hamda ada- biy, falsafiy va siyosiy ta’lim olish- gan. G.da ta’lim olayotgan bolalarning qanchalik chiniqqan, chidamli, sog’lom, jismonan va ruhan baquvvatligi davlat tomonidan nazorat qilingan. Falsafa, adabiyot, siyosatga doir bilimlarni mam- lakatdagi tanikli kishilar olib borish- gan. G.lar ichida Platon o’z shogirdlari b-n suhbat o’tkazgan Akademiya va Aristo- tel tashkil etgan Likey (q. Lisey) mash- xur bo’lgan. G.ni tugatgan yigitlar EFE- biya maktabida harbiy bilim olishgan.