Gimnastika

Gimnastika (Yun. Gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama o’sishiga va salomatli- gini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan bo’lishiga yordam beradi. G. o’z vazifalari, xususiyatlari va meto- Dik usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: asosiy g. (gigienik va atle- tik g. b-n birga), g.ning amaliy turla- ri (shu jumladan ishlab chiqarish g.si), sport g.si, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi. G. mashqlari Yunoniston- da jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada o’yinlariga tay- yorlash vositasi bo’lib xizmat qilgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlaridan evro- Pa mamlakatlarida turli g. asboblari-da mashqlar bajarish, 19-a. 2-yarmidan esa musobaqalar o’tkazish rasm bo’ladi. 1896 y.dan g. Olimpiada o’yinlari da- sturiga kiritildi (1928 y.dan ayollar musobaqalari o’tkaziladi). 1903 y.dan er- kaklarning, 1934 y.dan ayollarning jahon birinchiligi o’tkaziladi. O’zbekistonlik sport g.chilari K. Jo’raev, T. Karimov, E. G’iyozov, G. G’iyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiev, A. Otaxonovlar tur- li musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. O’zbekiston G. chilaridan G. Shamray ilk bor Olimpiada chempio- ni unvoniga sazovor bo’ldi (1952, xel- sinki). O’zbekistonlik S. Diomidov 18 – va 19-Olimpiada o’yinlarida so- vrinli o’rinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin me- Dali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) b-n taqdirlandi. O’zbekistan ter- ma jamoasi a’zolaridan o. Chusoviti- na, R. Galieva katta Shuhrat qozondilar. Shavkat Xo’jaev.