Gimnaziya

Gimnaziya (gimnasiytn ) — O’zbekiston va ayrim xorijiy mam- lakatlarda umumiy o’rta ta’lim o’quv yurti. G.lar muayyan fan bo’yicha IX- tisoslashtirilgan bo’lib, shu fan- dan chuqurlashtirilgan ta’lim bera-  Di. Dastlab Frantsiyaning Strasburg sh.dagi o’rta maktab (1538) g. deb atalgan. O’rta Osiyoda G.lar 19-a.ning so’nggi cho- ragida paydo bo’ldi. 1876 y. Toshkentda o’g’il va qiz bolalar uchun rus progimna- ziyalari (to’liqsiz g.lar) ochilib, 1881 y.da g.ga aylantirildi. Ularda mahalliy aholi badavlat tabaqalari bolalari- ning ba’zilari ham o’qigan. Dastlabki yillarda mahalliy aholi bolalari rus tili b-n yaxshiroq shug’ullanishi uchun lo- tin tilini o’rganishdan ozod qilingan. 1894 y. lotin tili o’qitilmaydigan Real G. ochildi. 1900 y.dan keyin Samarkand, Yangi Marg’ilon (hoz. Farg’ona), Chorjo’y va b. shaharlarda ham qizlar va o’g’il bola- lar g.lari tashkil qilindi. Bularda ham darslar faqat rus tilida olib borilgan. 1917 y. Toshkentda 4 G. bo’lgan. G.lar 1918 y. tugatilib, o’rniga yagona mehnat MAK- tablari tashkil qilindi. O’zbekistan mustaqillikka erishgach, g.lar qayta tashkil etildi. O’zRning 1997 y. avg.da qabul qilingan “ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq.