Ginkgo

Ginkgo (Ginkgo biloba) — ochiq urug’li o’simliklar bo’limining gingko- doshlar oilasiga mansub hoz. yagona vaki- li. Daraxtning bo’yi 40 m gacha, diametric 1 m gacha; yosh niholi ba’zi Nina bargli daraxtlarga o’xshab ketadi, ammo bora- bora tashqi ko’rinishdan terak tusini oladi. Barglari bandli, elpig’ichsimon, o’rtasida o’yig’i bor, kuzda to’kiladi. G. ikki uyli o’simlik, erkak va urg’ochi gul- lari kichikroq ko’chalalarga to’plangan. Urug’i yumaloq, danakli mevaga o’xshaydi. Mevasi va urug’i eyiladi. Jan. XI- toyning ba’zi joylaridagina yovvoyi holda o’sadi. Qrimning Jan.da va Kav- kazning qora dengiz sohilida ekiladi. O’rta Osiyoda G.ning barg va yog’och qoldiklari yuqori Perm va trias dav- riga tegishli yotqiziqlarda topilgan. Hududda G.ning 15 dan ortiqturi o’sgan. Jumladan 2 turi Jan. O’zbekistonda, To- jikiston va Turkmanistonda o’sganligi aniqlangan. G.ning bir qancha turla – ri shim. O’zbekistan, Qozog’iston, Qirg’iziston va deyarli qamma dav- latlarda yura, bo’r va uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan.