Ginogenez

Ginogenez (Yun. gyne — ayol va …genez) — organizmlar ko’payishining bir xil i. G.da tuxum hujayrasiga kir- gan spermatozoid uning rivojlani- shini stimullaydi, lekin yadrosi b-n qo’shilmaydi va embrionning bundam keyingi rivojlanishida ishtirok et- maydi. G. soxta urug’lanish — psevdoga- miyadan iborat. Shuning uchun g.ga ba’zan partenogenez shakllaridan biri sifa- tida qaraladi. Tabiiy G. ayrim nema- todalar, suyakli baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va ko’pchilik yopiq urug’lilarda aniqlangan. Ba’zan ginoge- netik populyasiyalarda erkagi uchramay- Di, tuxum esa boshqa turlar spermasi b-n urug’lanadi (mas, karas ikrasi cho’rton erkagi “suti” b-n urug’lanadi). G.ni taj- ribada tuxum hujayrani boshqa uzoq tur spermatozoidlari b-n urug’lantirish, fizik va kimyoviy usulda spermatozoid yadrosini faolsizlantirish yoki tuxum- dan erkaklik pronukleusini chiqarib olish orqali paydo qilish mumkin. Bunday yo’l b-n olingan gaploid embri- on yashovchan bo’lmaydi. Diploid G. ro’y berishi uchun tuxum hujayra etilishi davridagi bo’linishlardan birining tsitotomiyasini yoki tuxum maydalani- shidagi dastlabki bo’linishlardan bi- rini yo’qqa chiqarish lozim. G.dan go- mozigotalikda yoki faqat bir jinsli organizmlarni olishda foydalaniladi. Sayfullo To’ychiev.