Gipaspistlar
Gipaspistlar (yunoncha hypaspistoi-qalqondor)-Filipp II va Aleksandr Makedonskiy davrida makedon qo’shinida yarimog’ir qurollangan piyodalar, odatda, falanganing qanotlarida saf tortrganlar va uni himoya qilganlar. Xiliarxiyalar-mingliklarga biriktirilgan. Jami 3 yoki 6 ming Gipaspistlar (3 yoki 6 xiliarxiya) mavjud edi. Qurollari tarkibi: sarisa, goplitlar nayzasi, ksifos, dubulg’a, aspis deb nomlangan qalqon, sovut, knimidlar. Qo’shin tarkibida Gipaspistlarning saralangan bo’linmalari-argiraspidlar (kumush qalqondorlar) ham bo’lgan. Keyinchalik, imperator Aleksand Sever davrida, xrizoaspidlar (oltin qalqondorlar) otryadi tuzilgan.