Giperbilirubinemiya, bili rubinemiya

Giperbilirubinemiya, bili rubinemiya — qon zardobida bilirubin miqdorining ko’payib ketishi. Sog’lom kishining qon zardobida 0,2, 0,5—0,8 mg%, chaqaloklarda esa bir oz yuqori — 1-2 mg% (fiziologik sariqlik kuzatil- maganda) bo’ladi. G. irsiy, tug’ma va ort- tirilgan bo’lishi mumkin. Gemolitik va nogemolitik, qaysi a’zo (mas, jigar)ga taalluqligiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. Asosan jigar, o’t yo’li kasal- liklarida uchraydi va badanda sariqlik alomatlari b-n ifodalanadi.