Giperkeratoz

Giperkeratoz (giper… va Yun. keratos — muguz, shox modda) — teri muguz qavatining qalin tortib kattikla- shishi. Tashqi (uzoq vaqt bosilib turish, ishqalanish, va b.) hamda ichki (endokrin bezlar funktsiyasining buzilishi, A gipo- vitaminoz) omillar keltirib chiqarishi mumkin. G.da muguz tangachalar, katta- kichik tugunchalar, bo’rtmachalar paydo bo’ladi; teri quriydi, bemor kam terlay- Di. Terining muguz qavati yoriladi, pust tashlaydi, ba’zan og’riydi. G. cheklangan (qadoq, so’gal, keratoma) va diffuz, ya’ni ko’p joyga yoki butun badan terisiga tarqalgan bo’ladi. Bemorni sodali yoki sovunli vannalar, vitamin A, terining muguz qavatini yumshatib, shilib tushi- radigan mazlar b-n davolaniladi.